Вход/Регистрация
Allamjonov aybdor
вернуться

Allamjonov Komil

Шрифт:

Shuning uchun korxona tashkil etish juda qiyin masala bo‘lib, kerakli eshiklar kerakli odamlargagina ochilardi. Ko‘pchilikni hoziroq, joyida daromad topish yo‘llari qiziqtirardi. Bugun pul tikasan, ertaga foyda ko‘rasan. Bemalol bir ishni tashlab, osongina boshqasini yurgiza olishing kerak. Ildizi baquvvat, avloddan avlodga o‘tadigan biznes-imperiyalarni qurish uncha-muncha odamning rejasiga kirmagan. Yurtimizda egalarini super boy qilgan, uzoq muddatli, rosmana muvaffaqiyatli ishlab chiqarish obyektlari deyarli yo‘qligining sababi shunda.

1998-1999-yillar

Gimnaziyada prokurorlar, deputatlarning bolalari bilan o‘qiganman. Doim atrofdagilarga birovdan kam emasligimni isbotlashga majbur edim. To‘g‘ri, men u yerga porasiz, hech qanday qo‘ng‘iroqsiz, o‘z bilimim bilan kirganman. To‘g‘ri, ota-onam oddiy odamlar. Lekin menga past nazar bilan qarashlariga yo‘l qo‘ymasdim. Gimnaziya direktorining: «Allamjonov, yaxshi o‘qi. Seni «kontrakt»da o‘qitishga ota-onangning baribir qurbi yetmaydi», – degan gapi ayniqsa yomon tegib ketgan. Hammaning oldida kamsitgani uchun yap-yangi «Moskvich»ining g‘ildiragini teshib, o‘chimni olganman.

«Fun boys» guruhi konsertidan so‘ng sinfdoshlarim davrasida.

Sinfdoshlarimning menga munosabati yomon emas edi. Ayniqsa, «Fun boys» guruhini tashkil qilib, konsert qo‘ya boshlaganimizdan keyin yana ham yaqin bo‘lib qoldik. Men loyiha rejissori edim. Tomoshalarimizda ustozlarning ustidan ham kulardik. Hammasining emas, albatta. Bizningcha, yaxshi o‘qita olmaydigan, zolim va poraxo‘r o‘qituvchilarni masxara qilardik.

«Ikki yarim» laqabli o‘qituvchimizni yaxshi eslayman. Uy vazifasini qanchalik yaxshi tayyorlab kelmaylik, ikki yarim baho qo‘yardi. Bunaqa bahoning o‘zi yo‘q-ku, o‘quvchilarni yerga urish uchun shuni o‘ylab topgan. Konsertimizda «u» sahnaga chiqib olib: «Men fizika o‘qituvchisiman, ismim Muxtazar, mana qirq yildan beri erga tegolmayapman», – derdi.

Shunaqa. Hech kimni ayamas edik. Konsertdan keyin direktor meni xonasiga chaqirtirib, bunday «ssenariylar» uchun po‘stagimni qoqardi. Indamay boshimni egib turar, lekin konsertlarni to‘xtatmasdim.

Boshida chiptalar tekin edi. Keyin o‘ylab qoldim. Biz dastur, har bitta sahna, musiqa ustida yotvolib ishlayotgan bo‘lsak, tomoshabinlarga yoqayotgan bo‘lsa, nima uchun konsert tekin bo‘lishi kerak?

Tashkiliy ishlarga, chipta, afishalar tayyorlashga pul tikish kerak. Oyimning oldilariga keldim. Ular: «Adangdan so‘rab ko‘r», – dedilar. Ammo men otamdan cho‘chirdim, ayniqsa, bu pulni nimaga ishlatmoqchi ekanimni aytishga qo‘rqdim. Onam menga har doim ishonganlar. Yig‘ib-tergan o‘n ming so‘mlarini qo‘limga berdilar.

Chipta sotib o‘tirishni o‘rtoqlarimga topshirdim. Hech qaysisi pul so‘rab ota-onasini bezovta qilmadi. Bu tashkilotchining, ya’ni mening bosh og‘rig‘im edi. Ota-onam meni qo‘llab-quvvatladi.

Homiylar bilan ham o‘zim kelishdim. «Aylin» turk pechenyesi maktabimiz hisob raqamiga 25 ming o‘tkazdi. Maktab direktori shundan bir yarim ming so‘mni ovoz kuchaytirgich – usilitelga deb berdi. Qolgan pulni ko‘rmadim. Direktor bizni chuv tushirdi.

Yana bir hamkorimiz «Radio-peydj»1 bo‘ldi. Konsertimiz haqida tekinga e’lon berishdi. «Nestle» kompaniyasi esa o‘zini zontlarini o‘rnatib, stakanda kofe tarqatdi. Yana uch-to‘rtta homiyni ko‘ndirish uchun tijorat taklifi bilan butun shaharni aylanib chiqdim. Boshqa hech kim rozi bo‘lmadi.

Ravshan Sobirov, Guli Tolipovaning menejerlariga, boshqa artistlarga ham qo‘ng‘iroq qilib, konsertda chiqib berishlarini so‘radim. «Tomsuvoq»qa ko‘ndirdim.

Tabiiyki, mingta chipta sotolmadik, ikki yuztasi ketdi, xolos. Homiylarning oldida sharmanda bo‘lmaslik uchun bo‘sh joylarni mehmonlar bilan to‘ldirdik. Mehribonlik uyi direktoriga iltimos qilib, tarbiyalanuvchilarini opkeltirdim.

Hamma yig‘ildi. Ammo… birorta artist yo‘q. Qo‘ng‘iroq qilaman, hech qaysisi javob bermaydi. Odamlar qarsak chala boshladi, oradan bir soat o‘tdi, bittasiyam kela qolmaydi.

Bir balo qilib, endigina tanilayotgan Davron Ergashevni topdik, konsertni shu boshlab berdi. Omadim chopib, tadbirni olib borishga professional boshlovchi ham chiqib qoldi. Keyin Otabek Madrahimovga o‘xshab ketadigan bir yigitni ko‘rsatishdi. Chiroqlar o‘chirildi, maxsus effektlar yoqildi, yigitchani sahnaga chiqarib yubordik, fonogramma ostida «kuyladi».

Viktorina o‘tkazildi, «Nestle» kofelari tarqatildi. Xullas, prodyuser degan nomimni oqladim.

Faqat kimdir «Nestle» zontigini o‘marib ketibdi. Oyimga qo‘ng‘iroq qilib, shuniyam yetkazishdi. O‘rniga o‘zlarining soyabonlarini ko‘tarib kelibdilar. Yo‘qolgan zont egalari matohlari qanchayam dollar turishini aytishdi. Onam dollarda oldi-berdi qilib yurgan bo‘lsalar ham mayli ekan.

Men «Nestle» direktoridan qarzimizdan kechishini yalinib so‘radim. O‘shanda nega bizni kechirganini bilmayman. Ko‘ziga judayam ayanchli va rostgo‘y ko‘ringan bo‘lsam kerak-da. Konsertdan tushgan foydani o‘rtog‘im va sherigim Sardor bilan sovurib yubordik. Eng zo‘r ko‘zoynak, krossovkalar sotib olib, o‘zimizni xuddi ommaviy tadbirlar direktorlaridek tuta boshladik. Oyimga bo‘lsa olgan o‘n mingimdan ming so‘mgina qaytardim, orttirganim shu bo‘ldi.

Baribir konsert chiroyli o‘tdi. Shu sakkiz yuz kishilik tadbirni o‘tkaza olganimiz ham bir omad, deb o‘ylayman. Yaratganning qo‘llagani bu. Agar qo‘shiqchilar kelmaganida, bilmadim nima bo‘lardi, sahnaga o‘zim chiqib ketarmidim…

  • Читать дальше
  • 1
  • ...
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15

Ебукер (ebooker) – онлайн-библиотека на русском языке. Книги доступны онлайн, без утомительной регистрации. Огромный выбор и удобный дизайн, позволяющий читать без проблем. Добавляйте сайт в закладки! Все произведения загружаются пользователями: если считаете, что ваши авторские права нарушены – используйте форму обратной связи.

Полезные ссылки

  • Моя полка

Контакты

  • chitat.ebooker@gmail.com

Подпишитесь на рассылку: