Вход/Регистрация
Allamjonov aybdor
вернуться

Allamjonov Komil

Шрифт:

Oxiri bu ahvol jonimga tegdi. Nima, Soliq qo‘mitasida mendan boshqa masala qurib qolganmi? Men jadval tuzib, unga hamma bo‘limlarni, hatto kanselyariyani ham kiritdim. Ro‘yxatga qo‘shilmagan faqat qorovul qoldi. Bu hujjatni Parpiyevga olib kirib, oxirgi paytlari majlislar bir qolipda o‘tayotganini aytdim. «Hamma navbati bilan hisobot bersin, har bir bo‘lim o‘zining ishini matbuotda yoritsin», – dedim. U rozi bo‘lib, jadvalni imzoladi.

Endi meni minbarga chiqarishsa, topshiriqlarni kimlar bajarmayotganini shartta aytadigan bo‘ldim. Muhtaram hamkasblarim og‘zimni yopish uchun meni ham «To‘raxonovning ro‘yxati»ga kiritib qo‘yishibdi. O‘rtaga pul tashlashgan bo‘lishsa kerak.

Qisqasi, qilgan ishim uchun ta’zirimni yedim, meni kechirishmadi. Ustimdan nimalardir to‘qib, tuhmat qilishdi. Shunchalik bema’ni bahona o‘ylab topishdiki, hozir aniq nima gap bo‘lganini eslolmayman ham. To‘qqiz yil deganda Parpiyev majlisda birinchi marta hammaning oldida rosmana po‘stagimni qoqdi. Men esa o‘zimni oqlay olmadim. Hammasini miq etmay eshitib turdim. Endi bu yerda ishlolmasligim aniq edi.

Chiroyli ketmoqchi bo‘ldim. Oradan to‘qqiz yil o‘tgan bo‘lsa ham, bu inson salomimga «vaaleykum» deb alik olganini, menga bir yugurdak emas, odam deb muomala qilganini esimdan chiqarmagandim.

oldiga kelib, gaplashib olmoqchi ekanimni bildirdim.

– Mayli, kelsin, – debdi Botir Rahmatovich.

Ertasi kuni Parpiyevning oldiga kirib, o‘zimning biznesimni boshlash uchun ketmoqchiligimni aytdim.

– Xafa bo‘ldingmi?

– Yo‘g‘-e, nega unaqa deysiz? Nimaga xafa bo‘lishim kerak?

– Xafa bo‘libsan… – dedi general. – Ko‘rib turibman-ku. Mayli, arizangni yoz. Omadingni bersin.

Men ketdim, lekin intizomga o‘rgatgani, bergan saboqlari uchun Botir Rahmatovichdan haligacha minnatdorman. U menga doim zarbaga tayyor bo‘lib, uni qaytarishni, eng asosiysi, iloji yo‘q narsaning o‘zi yo‘qligini o‘rgatdi. Xohlasak, hamma narsaga erisha olarkanmiz. Bunday olganda, u meni rostdan ham o‘z jiyanidek tarbiyaladi.

Shunday odamning «jiyani» degan yuksak nomga dog‘ tushirmadim, deb o‘ylayman.

Men o‘z biznesimni boshlab, birinchi millionimni ishlab topdim. Bolaligimdan pul topishga harakat qilardim. Afsus, rejalarim doim ham o‘xshayvermasdi.

1 MTRK – Milliy teleradiokompaniya.

2 «DAVR» – MTRK «Yoshlar» telekanalining axborot dasturlari tahririyati.

3 FVV – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

4 Abdusaid Ko‘chimov – o‘zbek jurnalisti, 1997-2005-yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.

5 «Beruniy» – Toshkent metropoliteni O‘zbekiston yo‘nalishining oxirgi bekati.

6 Qoraqamish – Toshkentning Olmazor tumanidagi mavze.

7 ToshDU – Toshkent davlat universiteti. 2000-yil yanvardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.

8 Uzmetronom – O‘zbekistondagi mustaqil sayt. 2020-yilning may oyigacha blokda bo‘lgan.

9 «Jemchug» – Toshkent shahridagi mashhur «Jemchug» (marvarid) do‘koni joylashgan, ko‘pqavatli tajribaviy loyihalangan uy.

10 «Sharq» – nashriyot-matbaa konserni.

11 Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 2003-yil dekabrdan 2016-yil dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, 2016-yil 14-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

12 Akademiya – Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq akademiyasi.

III

Shakar, vanna, press, baklajka

To‘qsoninchi yillar oilamiz boy bo‘lmagan, lekin och ham qolmaganmiz. Onam doya, otam avtoslesar edi. Bolalar tug‘ilavergan, mashinalar buzilavergan, ota-onam ishsiz qolmagan. Ularning eng katta orzusi farzandlariga yaxshi ta’lim berish bo‘lgan. Shuning uchun oyim o‘qishimni oltinchi sinfdan ToshDU qoshidagi gimnaziyaga (keyinchalik akademik litseyga aylantirildi) o‘tkazgan. Hech kimga pul-mul bermagan. Oyim pora berish kerakligini bilmasdi ham.

Pul – ajoyib narsa! U menga doim zavq bergan. O‘zi oldindan boshqalarga o‘xshab faqat oylikka ko‘nib yashash niyatim yo‘q edi. Katta bo‘lganimda ko‘p pul topishimga, xohlagan narsamni sotib olishimga aniq ishonganman. Lekin bu kunlarni uzoq kutishga sabrim chidamasdi. Hoziroq boyib ketib, mahallamiz yoshlari havas qiladigan yangi «qahramonlarimiz» – magazinchilar, choyxona va makaron fabrikalarining xo‘jayinlari, popkorn sotuvchilarga o‘xshab yurgim kelardi. Hammasining tagida yangi mashina, oyog‘ida krossovka, egnida zamonaviy sport kiyimi, jinsi shim – xullas, butun dunyoda ulardan zo‘ri yo‘q.

  • Читать дальше
  • 1
  • ...
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15

Ебукер (ebooker) – онлайн-библиотека на русском языке. Книги доступны онлайн, без утомительной регистрации. Огромный выбор и удобный дизайн, позволяющий читать без проблем. Добавляйте сайт в закладки! Все произведения загружаются пользователями: если считаете, что ваши авторские права нарушены – используйте форму обратной связи.

Полезные ссылки

  • Моя полка

Контакты

  • chitat.ebooker@gmail.com

Подпишитесь на рассылку: