Вход/Регистрация
Allamjonov aybdor
вернуться

Allamjonov Komil

Шрифт:

Ko‘rinishidan ziyoli va og‘ir-bosiq rahbardan bunaqa muomala kutmagan haligi kishi dovdirab qoldi. Indamay chiqdi-ketdi. Men o‘sha zahoti Monitoring markazidagilarni yig‘ilishga chaqirdim.

Kirib borganimda, hammaning ko‘zi menda, birov qiziqib, birov xavfsirab qarab turardi.

– Hozir sizlarga qiladigan yaxshiligim shuki, – dedim Markazning direktori va yana bir necha xodimga, – o‘z arizangizga ko‘ra ishdan bo‘shataman va sizlarni xotiramdan o‘chirib tashlayman!

Monitoring markaziga shu paytgacha amalda hamma ishni yuritgan Dilnoza Ziyomuhammedova5 direktor bo‘ldi. Hozir u Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari. Fahm-farosatli, harakatchan oddiy xodimlarni direktor o‘rinbosarlari lavozimigacha ko‘tardim. Muddat qo‘ydim, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, hammani ishga solib yubordim.

Endi eng ulkan va bo‘ysunmas kit – «O‘zbekiston» nashriyoti qoldi. O‘sha, direktori «gapirsam, ertalabgacha o‘tiramiz», – degan nashriyot. Rostdan ham yangi vazirga aytadigan gaplari ko‘p ekan – tipografiyadagi qo‘shib yozishlar, talon-tаroj, mulkni o‘zlashtirish holatlarining tarixi juda uzun, Ittifoq davriga borib taqalarkan. Hukumatning barcha doiralari bilan aloqalari zo‘r yo‘lga qo‘yilgan. Hatto qo‘shni davlatlar miqyosida ham. O‘z-o‘zidan ma’lumki, hamma hujjatlari joyida.

«O‘zbekiston» respublikaga vagonlab qog‘oz olib kiradigan nashriyot edi.

Ayrim faktlarni tahlil qilgan holda, katta ehtimol bilan davlat kursida olingan qog‘oz mamlakat ichida bozor narxida sotilganini taxmin qilish mumkin. O‘rtada juda katta pul aylanardi. Shuning uchun nashriyot direktori meni rahbar sifatida tan olmadi, topshiriqlarimni bajarishni xayoliga ham keltirmadi. «Seriy kardinal» Mahmudjon Zaytaуev6 bo‘lib chiqdi. Lavozimida ellik yildan beri o‘tirgan mansabparast, amaldor bu otaxon hech nimadan tap tortmasdi.

Tipografiya doim davlatdan katta buyurtmalar olib, darslik, kundalik va daftarlar chop etsa ham, davlatga foyda keltirmas, aksincha, zararga ishlardi. Aslida daromad kimlarningdir cho‘ntagiga tushar, tizimda mehnat qilayotgan 650 nafarga yaqin ishchi esa arzimagan maoshini ham vaqtida ololmasdi.

Ularning daromad topish yo‘llarini o‘rganib, «Qoyil!» deb yubordim. Qog‘oz salfetka-sochiqchalar va hojatxona qog‘ozi ishlab chiqaruvchilarga o‘ram-o‘ram chiqindini ham pullashar ekan, shovvozlar! Tabiiyki, undan ham «otkat» – ulush olishgan. Xullas, hamma narsadan pul qilingan. Almisoqdan qolgan nashriyot uskunalari esa tez-tez ishdan chiqar, ularni yangilash va zamonaviy texnikani ishga tushirish zarur edi. Lekin ehtiyot qismlardan ham «otkat» olmasa bo‘lmaydi.

Mening hisob-kitobimga ko‘ra, kimlarningdir cho‘ntagiga har yili millionlab dollar tushgan. Mamlakatdagi eng yirik nashriyot esa talon-tаroj qilingan, vayron bo‘lgan. Lekin bu mening shaxsiy kuzatuv va xulosalarim. Men tergov olib boradigan, kimgadir ayblov qo‘yib, dalil qidiradigan prokuratura emasman. Ammo o‘z fikrimni aytishga haqqim bor, buni menga hech kim taqiqlay olmaydi.

Mayli.

Yangi yil arafasi. Ishchilarga mukofot puli tarqatilsin, deb topshiriq berdim. Korxonaning o‘zida katta sahna qurdik. Sherali Jo‘raуev, Yulduz Usmonova kabi san’at yulduzlari, taniqli qo‘shiqchilarni taklif qildik.

O‘ziyam rosa qizdirishdi!

Konsertdan keyin, ziyofat oxirida so‘zga chiqdim.

– Kayfiyatlar qalay? – so‘radim yig‘ilganlardan. – Nimaga ba’zilarning yuzida xursandchilik ko‘rmayapman? Yangi yil bayram-ku? Mana, mukofot puli olgan bo‘lishingiz kerak…

O‘tirganlar orasida g‘ala-g‘ovur boshlandi. Qanaqa mukofot? Hech kim hech nima olgani yo‘q…

Rahbariyatning rangi o‘chib ketdi.

– Men O‘zMAA direktori sifatida o‘z majburiyatimni bajardim, xodimlarni mukofotlash haqida buyruq berdim. Lekin rahbarlaringiz buyruqni bajarmagan.

– Kechirasiz, hali ulgurmadik… – degan mujmal javoblar eshitildi.

– Agar berilgan topshiriqni bajarmasangiz, sizlarni ishdan olishga majbur bo‘laman, – bu gapni hammaning oldida, mikrofon orqali aytdim.

Ertasigayoq shoshilinch ravishda mukofot puli tarqatildi. Hech qanday protokol-u rasmiyatchilikka qarab o‘tirmasligimni bilib, hayiqishdi, shekilli. Hammaning oldida nimani o‘ylasam, o‘shani gapiraman, ishdan shartta bo‘shatishim mumkin, arizaga «o‘z xohishiga binoan…» degan yozuvni tirkab, imijimida choponni yelkaga tashlab ketish yo‘q.

Mukofotni vaqtida berish arzimagan masaladek ko‘rinishi mumkin, lekin bu yangi rahbarning bir so‘zli ekanini isbotladi. Shundan keyin ishchilarning muammolarini o‘rgana boshladim. O‘ziga xos ochiq eshiklar marafonini e’lon qildim. Istagan xodim kelib, dardini aytishi, savol yoki taklifini berishi mumkin edi. Ertalabdan boshlangan kirdi-chiqdi yarim kechagacha davom etardi. To‘ylar, maoshlar, ta’tillar, davolanish, ijtimoiy imtiyozlar, xat-hujjat – ko‘rmagan masalamiz qolmadi.

Odamlarni rag‘batlantirish uchun «O‘zbekiston» nashriyotida ishlaydigan hamma xodimlarning maoshini yaxshigina ko‘tardim.

Tipografiya xodimlarini esa ogohlantirdim: kim o‘g‘rilik qilsa, javobgarlikka tortiladi. To‘g‘ri, «otkat»lar bilan solishtirganda bu pul xamir uchidan patirdek edi. Kimlardir baribir eski hunarini qo‘ymadi va ishdan bo‘shatildi.

Darvoqe, direktorning ham oyligini oshirdim. Undan oldin xususiy bozorda eng zo‘r mutaxassislarning mehnati qanchaga baholanishini surishtirdim. Natijada, direktorning maoshi 2,5 milliondan deyarli 25 millionga chiqdi.

  • Читать дальше
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • ...

Ебукер (ebooker) – онлайн-библиотека на русском языке. Книги доступны онлайн, без утомительной регистрации. Огромный выбор и удобный дизайн, позволяющий читать без проблем. Добавляйте сайт в закладки! Все произведения загружаются пользователями: если считаете, что ваши авторские права нарушены – используйте форму обратной связи.

Полезные ссылки

  • Моя полка

Контакты

  • chitat.ebooker@gmail.com

Подпишитесь на рассылку: